Dell Latitude 5591 noutbuki — Core i5-8400H, 8/256 GB, 15.6″
Omborda oxirgi 1 dona qoldi
Ish va o‘qish uchun 15.6 dyumli biznes noutbuk. Protsessori oddiy ofis noutbuklaridagi tejamkor U-seriya emas, balki kuchliroq H-seriya: Intel Core i5-8400H — 4 yadro, 8 oqim, 2.5 GHz (Turbo rejimida 4.2 GHz gacha). Xotira: 8 GB DDR4 va 256 GB M.2 NVMe SSD. Ichida 2 ta xotira uyasi bor, Dell ma’lumotiga ko‘ra 32 GB gacha oshirish mumkin. Batareya: 92 Wh — bu model uchun eng katta variant. AIDA64 o‘lchovi: eskirish atigi 4% (87 438 / 91 998 mWh). Avtonom ishlashi odatda 4–6 soat, yengil ishda 10 soatgacha. Portlar: 3 ta USB 3.1, USB-C (DisplayPort bilan), HDMI, VGA, RJ-45 tarmoq porti va SD karta o‘quvchi — proyektor va eski monitorlarga ham perehodniksiz ulanadi. Holati: juda yaxshi. Qopqog‘ining ustki qismida urilgan joyi bor (suratda ko‘rsatilgan), ishlashiga ta’siri yo‘q. Do‘kon kodi: i5/006.
- Do‘konda to‘lov
- Clicktez orada
- Paymetez orada
- Uzumtez orada
- Uzum Nasiyatez orada
Hozircha to‘lov do‘konda qabul qilinadi. Onlayn to‘lov va Uzum Nasiya (muddatli to‘lov) ulanishi bilan shu yerda faollashadi.
Xususiyatlari
Qoldiq va yakuniy narx xarid so‘rovidan keyin tasdiqlanadi.